Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Moody’s” xalqaro reyting agentligi “Ipoteka-bank” ATIB depozit reytingi kutilmasini “barqaror”dan “ijobiy” darajaga oshirdi

Nashr etilgan: 19 iyul, 2021

Joriy yil 8 iyulda «Moody’s» xalqaro reyting agentligi Ipoteka-bankning uzoq muddatli xorijiy va milliy valyutadagi depozit reytinglarini e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, tijorat banklari orasida «Ipoteka-bank» aktsiyadorlik tijorat ipoteka bankining kredit reytingi “V1/V1” darajada saqlab qolingan holda, reyting istiqboli “barqaror”dan “ijobiy”ga oshirildi.

Moody’s tahliliga ko‘ra, biznesdagi diversifikatsiyalashuv, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan katta e’tibor, resurs bozoriga bo‘lgan cheklangan qaramlik va qoniqarli darajadagi likvidlik hamda davomli daromadlilikning bufer kapitaliga ijobiy ta’siri bankning ushbu natijaga erishishiga imkon yaratdi.

Agentlik tahlilchilarining fikricha, kelajakda Ipoteka-bank aktivlari riski portfelda muammoli kreditlarning ulushi 5 foizdan kam bo‘lishi hisobiga past darajada saqlanib qoladi. Shuningdek, tahlilchilar, yaqin 12-18 oy ichida iqtisodiyotda biznes faoliyatining tiklanishi natijasida bankda komission daromadlarning oshishi, muammoli kreditlar qaytishi hisobiga zahiralarning qisqarishi bank rentabelligining oshishiga olib keladi, deb ishonishmoqda.

Shuningdek, reyting agentligining xulosasiga ko‘ra, bank moliyalashtirishning turli alьternativ manbalaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Bank moliyalashtirishning barqaror manbalarga asoslangan bo‘lib, xususan bank depozitlari (2020 yil 31 dekabrь holatiga) jami majburiyatlarning 32 foizini tashkil qiladi.   

Ipoteka-bank keyingi yillarda ham o‘zining bank mahsulotlarini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va barcha biznes-segmentlaridagi mijozlariga yuqori sifatli xizmat ko‘rrsatish orqali daromadlilikni oshirishni maqsad qilib olgan.