Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Woman in bussines СА” dasturi doirasida navbatdagi qoʼshma loyiha Samarqand viloyatida

Nashr etilgan: 17 may, 2023

“Ipoteka-bank” АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Biznes plan” hamda “Marketing” mavzularida joriy yilning 16-17 may kunlari ayol tadbirkorlar uchun navbatdagi trening Samarqand viloyat filialida oʼtkazildi. 

“Woman in bussines SА” dasturi doirasida ayollarning tadbirkor sifatida shakllanishida kompleks xizmat koʼrsatilishini yoʼlga qoʼyish, ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratish koʼzda tutilgan boʼlib, ayol tadbirkorlar uchun biznesda barqarorlikni saqlab qolish va yangiliklar kiritib moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hamda ularga yangi xizmatlar koʼrsatish va hamkorlar topish boʼyicha maslahatlar berishni oʼz ichiga oladi. 

“Ipoteka-bank” АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda hududlarda oʼtkazilayotgan treninglarimizda ishtirok etishingizni kutib qolamiz.
Keyingi manzil Surxandaryo viloyat filiali.