Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka-bank tomonidan bugungi kunda shaxsni tasdiqlovchi hujjatini almashtirgan mijozlarning identifikatsiyalashga doir maʼlumotlarni yangilash jarayonlari olib borilmoqda.

Nashr etilgan: 15 noyabr, 2021

Hurmatli mijozlar

Аgar, Siz bankimizda karta ochgan davrdan hozirgi kunga qadar oʼzingizning shaxsni tasdiqlovchi hujjatingizni almashtirgan boʼlsangiz (va bu haqida bankni xabardor qilmagan boʼlsangiz), u holda Sizdan:

  •  oʼzingizga yaqin boʼlgan manzildagi Ipoteka-bank filiallari va bank xizmatlari markazlariga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport, ID-karta, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi, Oʼzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning yashash guvohnomalari) bilan tashrif buyurgan holda;
  •  yoki Ipoteka-bank kontakt-markazining 78-150-11-22 va 1233 raqamlariga qoʼngʼiroq qilish orqali shaxsiy maʼlumotlaringizni qaytadan tasdiqlashingizni soʼraymiz.