Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Bank xodimlari oʼrtasida risk madaniyatini shakllantirish boʼyicha seminar treninglar oʼtkazilmoqda.

Nashr etilgan: 14 iyun, 2022

Bank xodimlari oʼrtasida risk madaniyatini shakllantirish, risklarni boshqarish tamoyillari boʼyicha atroflicha tushuncha berish bankda risklarni boshqarishning samarali tizimini tashkil etishda muhim ahamiyatga ega.


Birinchi bosqichda bank rahbar xodimlari bilan oʼtkazilgan seminar treninglarda bank rahbariyati tomonidan berilgan taklif va mulohazalarni eʼtiborga olgan holda, Bank risklarini boshqarish departamenti xodimlari tomonidan hozirda “Ipoteka – bank” АTIBning Toshkent shahar va Toshkent viloyatida joylashgan filiallari xodimlari uchun seminar trening mashgʼulotlari oʼtkazib kelinmoqda.


Seminar treningda risklarni boshqarish boʼyicha asosiy tushunchalar, risk madaniyatini shakllantirish omillari, bank faoliyatida uchrashi mumkin boʼlgan kredit risklari, bozor risklari, operatsion risklar, ekologik va ijtimoiy risklar boʼyicha atroflicha tushuncha berilib xodimlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilinmoqda.


Mazkur seminar trening mashgʼulotlari keyingi bosqichlarda bankning boshqa viloyatlarda joylashagan filial xodimlari uchun davom ettirilib, bank xodimlarining moliyaviy savodxodligini oshirishga xizmat qiladi.