Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka-bank va mijozlar o‘rtasidagi ochiq muloqot

Nashr etilgan: 15 sentyabr, 2021

Kuni kecha “Ipoteka-bank” ATIB Bosh ofisida tadbirkorlik sub’ektlari va yuridik shaxslar vakillari bilan muloqotni tashkil etish hamda murojaatlar bilan ishlashda shaffoflikni yanada kengroq ta’minlashga erishish maqsadida bank rahbariyati hamda aholi, tadbirkorlik sub’ektlari va yuridik shaxslar vakillari o‘rtasida videokonferentsaloqa tizimi orqali sayyor qabul ochiq muloqot tashkil qilindi.

Videokonferentsaloqa tizimi orqali o‘tkazilgan ushbu muloqotda qatnashayotgan aholi, tadbirkorlik sub’ektlari va yuridik shaxslar vakillari tomonidan turli takliflar, shuningdek o‘zlarini qiziqtirgan masalalari va bank bilan bog‘liq muammolarining echimi yuzasidan murojaatlar muhokama qilindi.

Muhokama so‘nggida bank rahbariyati, tegishli blok, departament va hududiy filiallar rahbarlari tomonidan mazkur qabulda ko‘rib chiqilgan ko‘plab masalalar joyida hal qilindi, ayrimlari bo‘yicha qo‘shimcha vaqt talab qilingani bois, ro‘yxatga olindi va ko‘rib chiqilishi hamda natijasi to‘g‘risida murojaatchilarga javob xatlari yuborilishi to‘g‘risida axborotlar berildi.