Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Xalqaro moliya korporatsiyasi va "Ipoteka-bank" hamkorligining yangi bosqichi boshlandi

Nashr etilgan: 16 iyul, 2019

Xalqaro moliya korporatsiyasining Direktorlar kengashi joriy yil 2 iyul kuni “Ipoteka-bank” АTIBga 35 mln. АQSh dollari ekvivalentida bank aktsiyalariga ayirboshlanadigan kredit liniyasi ajratilishini maʼqulladi. 

Kredit liniya mablagʼlari 5 yilgacha boʼlgan muddatga ajratilib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga yoʼnaltiriladi. 

Kredit liniya mablagʼlarining bank aktsiyalariga ayirboshlanishi XMK qarori asosida bankni xususiylashtirishni nazarda tutuvchi, korporativ boshqaruvni hamda operatsion faoliyatni yanada yaxshilashga qaratilgan transformatsiya darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi.