Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Xalqaro pul o‘tkazmalari soxasida mijozlarga qo‘shimcha qulaylik!

Nashr etilgan: 30 oktyabr, 2019

Endi Siz “Ipoteka-bank” ATIBdan “Zolotaya Korona” tizimi orqali pul o‘tkazmalaringizni Koreya Respublikasiga qulay bo‘lgan tarif asosida yuborishingiz mumkin.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha aloxida talablar:

O‘tkazma yuborishda valyuta turi - milliy valyuta va AQSh dollari;

O‘tkazmaning yuboruvchisi o‘tkazmaning oluvchisiga bir kunda 3 000 AQSh dollarini, bir yil davomida esa umumiy 30 000 AQSh dollarini yuborish mumkin.

Pul yuborishda yuborilayotgan summa miqdoridan qat’iy nazar 10 AQSh dollari miqdorida komissiya to‘lovi olinadi.

Koreya Respublikasi hududida o‘tkazmani olish E9pay nomli mobil ilova orqali amalga oshiriladi. Bunda o‘tkazmani oluvchisi Koreya Respublikasidagi banklardan birida o‘z hisobraqamini ochadi va Koreya Respublikasi milliy valyutasi vonda hisobraqamiga kirim qilinadi.

Shuningdek, o‘tkazma yuborilgan vaqtda uni olish yuzasidan muxim bo‘lgan ma’lumotlar oluvchining mobil telefon raqamiga SMS xabar ko‘rinishida yuboriladi.

O‘tkazma yuzasidan zarur xollarda qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun o‘tkazmaning oluvchisi Koreya Respublikasidagi Koll-tsentrga +82 1899-6943 telefon raqamiga ko‘ng‘iroq qilishi orqali dunyo asosiy tillarining deyarli barchasida so‘zlasha oluvchi operatorlarga murojaat qilishi mumkin.