UZCARD

Bank kartalari

UZCARD
Valyuta:
UZS
Depozit:
yo'q
Bank komissiyasi:
35 000 sum

Xizmat turlari

Toʼlov miqdori

1

Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorning korporativ kartochkasini emissiya qilish

Uzcard kartalariga 35 000 soʼm,

Humo kartalariga 10 000 soʼm

2

Korporativ bank kartasidan chiqim qilish

Bepul

3

Korporativ bank kartasini STOP listga qoʼyish

Bepul

4

Korporativ bank kartasi blokka tushgan holda qayta aktivlashtirish

Bepul

5

Korporativ bank kartasidan koʼchirma berish

Bepul

6

Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorning korporativ kartochkasi yoʼqotilganda yoki shikastlanganda uni qayta emissiya qilish

Uzcard kartalariga 35 000 soʼm,

Humo kartalariga 10 000 soʼm

7

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ kartochkalariga mablagʼlar oʼtkazilishi uchun ularning asosiy hisobvaraqlaridan kartochka hisobvaragʼiga mablagʼ koʼchirilganda

0,5 foiz, Masofadan turib korporativ plastik kartochkalarga mablagʼlar oʼtkazilgan holatlarda 0,4 foiz



Har bir karta egasi uchun bank maxsus bank hisobraqam ochadi. Ushbu hisobvaraqda kartochka egasi o‘z ixtiyori bo‘yicha foydalanishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari saqlanadi. Kartochka ushbu hisobvaraqdan foydalanish uchun o‘ziga xos “kalit” hisoblanadi. Kartochkasiz ushbu hisobraqam bo‘yicha birorta ham amaliyotni amalga oshirish mumkin emas.

Mikrochip — kartochka sohibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, PIN kodlar va kartochka bilan amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa ma’lumotlarni o‘zida shifrlangan ko‘rinishda saqlovchi moslama.

PIN kodlar — bu faqat kartochka sohibiga ma’lum bo‘lgan parollar. Ulardan kartochka Egasi karta bo‘yicha amaliyotlarni tasdiqlash uchun foydalanadi. PIN kodlarning ikki turidan foydalaniladi: PIN №1 — mablag‘ni kartochkaga kirim qilish uchun, PIN №2 — mablag‘ni harajat qilish uchun parol.

PIN №1 va №2 — 1 dan 8 tagacha xonali raqamgacha bo‘lgan koddan iborat bo‘lishi mumkin. Bank tomonidan 4 tadan kam bo‘lmagan raqamdan tashkil topgan parollarni o‘rnatish tavsiya qilinadi. Siz o‘z ixtiyoringiz bo‘yicha PIN kodlarni o‘zgartirishingiz mumkin. Buni infokiosklar, terminallar hamda Ipoteka-bank filiallarida amalga oshirish mumkin.

Karta yo‘qolgan taqdirda nima qilish kerak?

Karta o‘g‘irlangan yoki yo‘qotilgan hollarda qisqa muddatda telefon orqali yoki karta yo‘qotilganligi to‘g‘risidagi ariza bilan bankka murojaat qiling.

Ehtiyotkorlik choralari

  • kartani jismoniy shikastlanish (buklash, tushib ketishlar kabilar)dan ehtiyot qilish;
  • kartaning plastik asosini, ayniqsa, mikrochip joylashgan joyni deformatsiyalarga duchor qilmaslik;
  • kritik haroratlar ta’siriga qo‘ymaslik;
  • kartaga namlik va suyuqliklar, yemiruvchi plastik va tekstolitlar tushishidan ehtiyot qilish;
  • mikrochipni statik va elektr kuchlanishi ta’siridan ehtiyot qilish;
  • kartochkadan faqat ko‘zlangan maqsadda foydalanish.


Ipoteka-Bankning debet kartasi – bu zamonaviy va qulaydir!

Plastik karta bilan birgalikda Siz quyidagilarga ega bo‘lasiz:

  • hisob-kitoblarning xavfsizligi va pul mablag‘larining saqlanishi;
  • hisob-kitoblarni amalga oshirishda kupyuralarni sanashga sarflanadigan vaqtni tejab qolish;
  • o‘zingiz bilan katta hajmdagi naqd pul pachkalarini ko‘tarib yurish zaruriyatining yo‘qligi;
  • hisob-kitoblardagi aniqlik;

Ular tufayli Siz quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:

  • savdo-xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida (terminallar mavjud bo‘lgan joylarda) vositachilik haqi olinmagan holda tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish;
  • barcha turdagi kommunal xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish;
  • avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari xizmatidan foydalanish;
  • uyali va shahar telefon aloqasi hamda internet provayderlarining xizmatlari uchun to‘lash;
  • boshqa istalgan tashkilotlar va korxonalarning hisobrakamlariga to‘lovni amalga oshirish;
  • Ipoteka-Bank filiallarida vositachilik haqi olinmagan holda kartadan mablagni naqdlashtirish;

Karta olish uchun quyidagilar zarur:

  • Bank filialida ariza shaklini to‘ldirish (pasportning bo‘lishi shart);
  • shartnomani imzolash.
On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish