Bank murojaati

Ushbu bilan “Ipoteka-bank” ATIB (Bank) o‘z faoliyatida biznes yuritishning ijtimoiy komponentiga alohida e’tibor qaratayotgani haqida ma’lum qiladi.

Bankning ichki siyosat va qoidalariga ko‘ra, Bank jamoasida o‘zaro hamkorlik, hurmat va majburiy mehnatdan xoli muhit joriy qilingan. Bank o‘z ishchi-xodimlari va mijozlarini ijtimoiy sohada qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagi tamoyillarga amal qiladi:

· O‘zining hamda mijozlarining faoliyatida majburiy va bolalar mehnatidan foydalanish, shu jumladan paxta-yig‘im terimini tashkil qilishda ishchi-xodimlarning majburan jalb qilinish holatlariga yo‘l qo‘yilmasligi;

· Bank xodimlari bilan ham, Bank mijozlari bilan ham barcha masalalarda, va ayniqsa majburiy mehnat hamda paxta terimiga jalb qilinish holatlari bo‘yicha murojaat va shikoyatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi tizimining samarali faoliyatini ta’minlash;

· O‘zining va mijozlarining ishchi-xodimlari, o‘z o‘rniga paxta terimi jarayoniga mahalliy aholini jalb qilish amaliyotiga yo‘l qo‘ymaslik.

Agar bunday “hodisalar” aniqlansa va/yoki shunday vaziyatga tushib qolsangiz, quyidagi telefon raqamlari (+99878 – 150–28–00 / 150-89-14 / 150-80-07) yoki info@ipotekabank.uz elektron pochtasi orqali xabar berishingizni so‘raymiz.

On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish