Korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha ekspert

Nashr sanasi: 12.08.2022

Аsosiy vazifalaringiz:

• Korporativ biznes departamenti mijozlari menejerlari uchun hisobot shaklini (bank mahsulotlarini sotish bo'yicha korporativ mijozlar bo'yicha) ishlab chiqish va joriy etish;

• Mijozlar uchun sotuv hajmini rejalashtirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

• Bankning narxni shakllantirish siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

• Korporativ mijozlarga kredit berish tartibini ishlab chiqish va joriy etish;

• Korporativ biznes departamentining «Service level agreement» tartibini ishlab chiqish va joriy etish;

 • Bankning korporativ Biznes-rejasi nuqtai nazaridan Korporativ biznes departamenti va departament xodimlari uchun KPI ishlab chiqish va amalga oshirish;

• Korporativ mijozlar uchun tranzaksiya va g’aznachilik mahsulotlarini ishlab chiqish va joriy etish.

 

Sizdan talab etiladi:

·        Oliy ma'lumot;

·        Korporativ biznes yo‘nalishi bo‘yicha Rossiyaning yetakchi banklarida yoki boshqa xorijiy banklarda 5-7 yildan ortiq ish tajribasi;

·        Axborotni tahlil qilish va tahlil bo'yicha xulosalar berish qobiliyati;

·        Muzokaralar olib borish qobiliyati;

·        Omma oldida taqdimot qilish ko'nikmalari.

 

Sizni kutmoqda:

• Raqobatbardosh ish haqi;

• Do'stona professionallar jamoasida Siz nafaqat loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishingiz, balki tajribangizni oshirishingiz ham mumkin;

• Konstruktiv va ochiq ish muhiti.

 

 

Tanlovda qatnashish uchun rezyumelar quyidagi aloqa manzillari orqali qabul qilinadi:

1. E-pochta: cv@ipotekabank.uz

2. Telegram: +998 (97) 033-60-62 orqali qabul qilinadi.

 

Xat mavzusida familiya, ism va qaysi boʼsh lavozimga nomzodlik qilayotganingiz koʼrsatilishi kerak.

Sizga omad tilaymiz!


Back to the list


On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish