Komplaens nazorati departamenti Mijoz operatsiyalari va bank operatsiyalari komplaens nazorati boʼlimi yetakchi mutaxassisi/mutaxassisi

Nashr sanasi: 26.11.2021

 Аsosiy vazifalaringiz:
• Bank mijozlarining operatsiyalarini jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʼin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʼliq operatsiyalar xavfi darajasi boʼyicha tasniflash (TMvaOQQTM);
• Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning oldini olish nuqtai nazaridan bank mijozlari operatsiyalarini monitoring qilish, TMvaOQQTM;
• Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legalizatsiya qilish faktlari boʼyicha maʼlumotlar bazasini yuritish va tahlil qilish, TMvaOQQTM;
• Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni oldini olish boʼyicha bank xodimlariga konsulьtatsiya berish va oʼqitish, TMvaOQQTM;
• Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki (OʼRMB) va vakolatli davlat organlariga tegishli maʼlumotlar taqdim etish.

Sizdan talab etiladi;
• Oliy iqtisodiy taʼlim;
• Tijorat bankining bank operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʼliq boʼlinmasida yoki komplaens nazorati boʼlinmasida kamida 1 yillik ish tajribasiga ega boʼlish;
• Bank qonunchiligi, OʼRMB qoidalari va bankning asosiy biznes jarayonlarini bilish;
• MSOffice Word, Excel dasturi boʼyicha mukammal bilim, tahlil qilish va maʼlumotlarni izohlash qobiliyati;
• Oʼzbek va rus tillarini ravon bilish shart, ingliz tilini bilish maqsadga muvofiq;
• Masʼuliyatlilik, tashabbuskorlik va yuqori motivatsiyaga ega boʼlish.

 Sizni kutmoqda:
• Qonunga muvofiq ish bilan taʼminlanish;
• Raqobatbardosh ish haqi;
• Kasbiy tayyorgarlik va rivojlanish;
• Аsosan yoshlardan iborat doʼstona jamoada ishlash;
• Sport bilan hamnafas hayot va jamoaviy tadbirlar;
• Xalqaro moliya korporatsiyasi maslahatchilari bilan hamkorlikda transformatsiya jarayonini boshidan kechirayotgan Oʼzbekistonning yetakchi bankida karʼera qurish imkoniyati.
 


Tanlovda qatnashish uchun rezyumelar quyidagi aloqa manzillari orqali qabul qilinadi:
1. E-pochta: cv@ipotekabank.uz
2. Telegram: +998 (97) 033-60-62 orqali qabul qilinadi.

Xat mavzusida familiya, ism va qaysi boʼsh lavozimga nomzodlik qilayotganingiz koʼrsatilishi kerak.
 Sizga omad tilaymiz!



Back to the list


On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish