Kredit bloki o‘z jamoasiga malakali anderrayterlarni jalb qilmoqda

Nashr sanasi: 30.09.2021

Kredit bloki o‘z safiga risklarni baholay olish va to‘g‘ri hisob -kitoblarni amalga oshirish, risklarni tahlil qilish va berilgan kreditlarning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan malakali anderrayterlarni ishga qabul qilmoqda.


Asosiy vazifalaringiz:

  • Kichik va o‘rta biznes segmentlarida Bank mijozlarining kredit risklarini aniqlash, tahlil qilish va baholash;
  • Kelishuv xujjatlarini to‘g‘ri tuzish va tizimlashtirish bo‘yicha ichki bo‘linmalar bilan o‘zaro hamkorlik (shu jumladan, mijozning ichki reytingini tasdiqlash);
  • KO‘B mijozlarining kredit risklarini optimallashtirish maqsadida bitimlar tuzilmasini o‘zgartirish / to‘g‘rilash bo‘yicha takliflar kiritish;
  • Kredit qo‘mitalarining xulosalarini tayyorlash;
  • Bankning kollegial organlari uchun kelishuvlar bo‘yicha qarorlar tayyorlash;
  • Sohaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, mijozlarning risk-tahlil yondashuvlarini takomillashtirish;

Sizdan nima talab qilinadi:

  • Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot;
  • Bank sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi va mijozlar kredit kelishuvlarini tuzish bo‘yicha kamida 2 yillik tajriba;
  • Bank ishi bilan bog‘liq qonun va normativ xujjatlarni bilish;
  • Korxonalarning moliyaviy - xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, shu jumladan buxgalteriya hisobi / moliyaviy hisobot tahlilini bilish;
  • Investitsiya loyihalarini tahlil qilish malakasi (texnik -iqtisodiy asoslash);
  • Ishchi hujjatlarni tuzishda, hisobot tayyorlashda hamda elektron hujjat aylanishida ishlatiladigan maxsus kompьyuter dasturlarida ishlay olish;
  • Rus va o‘zbek tillarini yaxshi bilish shart, ingliz tilini bilish ustuvorlik hisoblanadi;
  • Ishga ijodiy yondashish, ijodiy fikrlash, jamoada ishlash qobiliyati.

Sizni kutmoqda:

·      Qonunga muvofiq ish bilan ta’minlanish;

·      Raqobatbardosh ish haqi;

·      Kasbiy tayyorgarlik va rivojlanish;

·      Asosan yoshlardan iborat do‘stona jamoada ishlash;

·      Sport bilan hamnafas hayot va jamoaviy tadbirlar;

·      Xalqaro moliya korporatsiyasi maslahatchilari bilan hamkorlikda transformatsiya jarayonini boshidan kechirayotgan O‘zbekistonning etakchi bankida kar’era qurish imkoniyati.

 

Tanlovda qatnashish uchun rezyumelar quyidagi aloqa manzillari orqali qabul qilinadi:

1.    E-pochta: cv@ipotekabank.uz

2.    Telegram: +998 (97) 033-60-62 orqali qabul qilinadi.

        

Xat mavzusida familiya, ism va qaysi bo‘sh lavozimga nomzodlik qilayotganingiz ko‘rsatilishi kerak.

 

Sizga omad tilaymiz!


Back to the list


On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish